Му5
46

Chinozda etishtirilgan ilk organik paxta jahon bozoriga chiqish sertifikatiga ega bo`ldi

Iqtisodiyot 15.10.2019, 20:07
349
Chinozda etishtirilgan ilk organik paxta jahon bozoriga chiqish sertifikatiga ega bo`ldi

Toshkent viloyatidagi «Textile technologies group” korxonasiga qarashli Chinoz paxta to`qimachilik ishlab chiqarish klasteri maydonida ilk bor organik paxta etishtirildi. Bu haqida O`zA muxbiri xabar bermoqda.

–Organik paxtani etishtirish jahon bo`yicha keng tarqalgan, – dedi Chinoz paxta to`qimachilik ishlab chiqarish klasteri mutaxassisi Tursunboy Komilov. – Albatta, biz uchun bu ish yangilik. O`zFA olimlari va xorijlik mutaxassislar hamkorligida bu yil shu ishga qo`l urildi. Hozir Chinoz tumanining 217 gektar maydonida ilk bor organik paxta etishtirildi. Kutilgan natija esa a`lo darajada. Hosildorlik ham yuqori, har bir gektaridan 30 sentnerdan hosil olinmoqda. Hatto organik paxta chigitidan ekologik toza yog` olish imkoniyati ham paydo bo`ldi. Eng muhimi, joriy yilning oktyabr kuni biz etishtirgan organik paxta xalqaro ekologik talablarga to`liq javob berishi to`g`risida sertifikatga ega bo`ldi. Endi buning natijasida mahsulotni jahon va Evropa bozoriga eksport qilish imkoni paydo bo`ladi.

Bu mahsulot haqida yana bir muhim ma`lumot shuki, joriy yilning 8 oktyabrida Chinozda etishtirilgan organik paxta Evropa bozoriga chiqish sertifikatiga ega bo`ldi.

Шарҳлар