Му5
46

Madaniyat vazirligi: “Biletning muddati o`tgan bo`lsa ham foydalanishga yaroqli”

Jinoyat 15.10.2019, 20:32
343
Madaniyat vazirligi: “Biletning muddati o`tgan bo`lsa ham foydalanishga yaroqli”

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda muddati o`tgan biletlar o`qituvchilarga majburiy sotilayotgan ekan” hamda “Yana majburiy bilet masalasi. Bu safar bog`cha mudiralariga 15 ming so`mdan sotilmoqda” deb nomlangan murojaat yuzasidan viloyat Madaniyat boshqarmasi munosabat bildirdi.

Aytilishicha, Madaniyat vazirligi hamda Tojikiston Respublikasi Madaniyat vazirligi o`rtasidagi o`zaro hamkorlikni mustahkamlash bo`yicha Tojikiston Respublikasi Sadriddin Ayniy nomidagi davlat akademik opera va balet teatri tomonidan Samarqand viloyatiga gastrol safarini o`tkazish uchun xat yuborilgan.

Shunga asosan Samarqand viloyati hokimligining qo`shni mamlakatning teatr jamoasining Samarqandda safari yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Ushbu rejaga asosan viloyatdagi korxona, tashkilot va ta`lim muassasalari Tojikiston teatri tomonidan viloyat Musiqali drama teatrida namoyish etilayotgan spektakllarga ixtiyoriylik asosida tashrif buyurmoqda.

Teatr tamoshalariga kirish uchun eski biletlar tarqatilganligi bo`yicha Tojikiston Respublikasi Sadriddin Ayniy nomidagi davlat akademik opera va balet teatri direktorining birinchi o`rinbosari S.Nurulloevdan izoh so`ralganda, mazkur biletlar Tojikiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tekshirilgan bo`lib, qonuniyligi ta`minlanganligi va 2018 yilda chiqarilgan biletlar 2019 yilda ham foydalanish mumkinligi bildirdi.

Шарҳлар