Му5
44

“O`zbekiston temir yo`llari” mahalliy va xalqaro poezdlarga qo`shimcha chegirmalar joriy qildi

Jamiyat 15.10.2019, 22:53
224
“O`zbekiston temir yo`llari” mahalliy va xalqaro poezdlarga qo`shimcha chegirmalar joriy qildi

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ Axborot-tahliliy media markazi mahalliy va xalqaro poezdlarga qo`shimcha chegirmalar joriy qilingani haqida ma`lumot berdi.

«O’ztemiryo’lyo’lovchi» AJ ba`zi mahalliy poezdlarga (barcha turdagi vagonlar uchun) 20 dan 60 foizgacha chegirmalar e`lon qiladi (chipta sotib olish sanasiga qarab).

Xususan, 060/059, 062/061 raqamli «Toshkent - Andijon - Toshkent» hamda 007/008 «Toshkent - Shahrisabz - Toshkent» yo`nalishidagi poezdlaruchun quyidagi chegirmalar mavjud:

- poezd jo`nashidan 2-5 kun oldin chipta sotib olingan taqdirda - 20%;

- poezd jo`nagunga qadar 6 dan 45 kungacha chipta sotib olingan taqdirda - 60%;

Rossiya Federasiyasidan O`zbekiston Respublikasiga yo`naltirilgan davlatlararo poezdlar uchun ajratilgan plaskart vagon narxiga 50% chegirma joriy etildi. O`zbekiston Respublikasidan Rossiya Federasiyasi va Qozog`iston Respublikasi yo`nalishida davlatlararo yo`nalishlarning barcha yo`lovchi poezdlari uchun bron qilingan plaskart vagon narxiga 30% chegirma beriladi.

Eslatib o`tamiz, avval davlatlararo poezdlarga chegirmalar faqat bitta yo`nalishda - O`zbekistondan Rossiyaga taqdim etilgan. Endi chegirmali chiptalarni Rossiya Federasiyasida turib ham sotib olish mumkin.

 

Шарҳлар