Му5
46

Soliq qarzdorligi undirildi

Jinoyat 16.10.2019, 09:28
295
Soliq qarzdorligi undirildi

Kattaqo`rg`on tumanlararo Iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “Zirabuloq” paxta tozalash zavodidan undiruvchi Narpay tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 3 mlrd. 792 mln. 456 ming so`m soliq qarzdorligini undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Narpay tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo`zg`atilib tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Zirabuloq” paxta zavodining bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan va unga tegishli bo`lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutassadi idoralarga so`rov xatlari yuborilgan. 

Mazkur ijro hujjati bo`yicha qarzdor “Zirabuloq” paxta tozalash zavodidan Narpay tuman Davlat soliq inspeksiyasi oldidagi 3 mlrd. 792 mln. 456 ming so`m soliq qarzdorligi to`liq undirildi.

Шарҳлар