Му5
46

O`zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi ta`sis etildi

Iqtisodiyot 16.10.2019, 09:37
330
O`zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi ta`sis etildi

“O`zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida Hukumat qarori (868-son, 14.10.2019 y.) qabul qilindi.

Ma`lum qilinishicha, qarorga muvofiq, boshlang`ich ustav kapitali miqdori 25,0 mlrd so`m bo`lgan AJ shaklidagi qayta moliyalashtirish kredit tashkiloti – O`zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi ta`sis etildi.

Moliya vazirligi kompaniya ustav kapitalida davlat nomidan aksiyador sifatida ishtirok etadi.

Kompaniyaning asosiy vazifalaridan biri aholining arzon uy-joylarga ortib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etishdan iborat.

Qarorga ko`ra, kompaniya emissiya qimmatli qog`ozlarni chiqarishni davlat ro`yxatidan o`tkazish va qimmatli qog`ozlarni chiqarish bilan bog`liq hujjatlarni ko`rib chiqish uchun yig`imlar to`lashdan ozod etildi.

Шарҳлар