Му5
46

Frankfurtdagi 500 yillik tarixga ega nufuzli kitob ko`rgazmasida o`zbek noshirlari ham ishtirok etmoqda

Madaniyat 16.10.2019, 16:40
235
Frankfurtdagi 500 yillik tarixga ega nufuzli kitob ko`rgazmasida o`zbek noshirlari ham ishtirok etmoqda

Shu yilning 15 oktyabr kuni Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt shahrida an`anaviy «Frankfurt Buchmesse» xalqaro kitob ko`rgazmasi ochildi.

Besh yuz yillik tarixga ega dunyodagi eng nufuzli mazkur xalqaro kitob ko`rgazmasida O`zbekistondan ham vakillar ishtirok etyapti. Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tizimidagi O`zbekiston, G`afur G`ulom va “O`qituvchi”  nashriyot-matbaa ijodiy uylari hamda Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatayotgan “Mashhur Press” nashriyoti o`zbek noshirlari mahsulotini ko`rgazmada namoyish etadi.

Xalqaro kitob ko`rgazmasining tantanali ochilish marosimida GFR tashqi ishlar vaziri Xayko Maas, Kitoblar ko`rgazmasi direktori Yurgen Boss hamda diplomatik korpus vakillari, elchilar, shuningdek, ko`plab xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan noshir va matbaachilar ishtirok etdi.
Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, Frankfurt kitob ko`rgazmasi asoschisi sifatida Frankfurt yonidagi Maynsda yashab o`tgan birinchi kitob noshiri Iogann Guttenberg e`tirof etiladi.

Xalqaro kitob ko`rgazmasi O`zbekiston matbaachilik sanoati taraqqiyotining istiqbollarini targ`ib etish, o`zaro manfaatli aloqalarni o`rnatish va turfa madaniyatlar bilan yaqinroq tanishish imkonini beradi.

«Frankfurt Buchmesse» xalqaro kitob ko`rgazmasi 20 oktyabrga qadar davom etadi, deb yozadiO`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi.

Шарҳлар