Му5
46

Rufat Risqiev hayotiga bag`ishlangan ko`rsatuv xalqaro festivalda namoyish etiladi

Sport 16.10.2019, 18:11
386
Rufat Risqiev hayotiga bag`ishlangan ko`rsatuv xalqaro festivalda namoyish etiladi

2019 yilning 17-19 oktyabr kunlari Rossiya Federasiyasining Tolyatti shahrida kino va televidenie yo`nalishida an`anaviy VIII "Samara guberniyasi yulduzlari va Rossiya-2019" xalqaro sport festivali bo`lib o`tadi. Mazkur festivalga o`zbekistonlik iste`dodli teleijodkorlardan biri Zilola Temirova muallifligidagi "Professional" ko`rsatuvi ham nominant sifatida taklif qilingan. Bu haqida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.



Ko`rsatuvda o`zbek boksini dunyoga tanitgan insonlardan biri Rufat Risqievning boks olamiga kirib kelishi va unga bagʼishlagan umr yo`li haqida hikoya qilinadi. Jumladan, filmda jahon chempionligi yo`lidagi og`ir mashaqqatlari, Monreal Olimpiadasida kumush medalni qo`lga kiritgani va faoliyatidagi ko`plab qiziqarli va o`ziga xos ahamiyat kasb etuvchi voqealar haqida so`z yuritilgan.



Ma`lumot uchun, Rufat Risqiev 12 yoshidan boks bilan shug`ullana boshlagan. O`z ustida tinmay ishlashi natijasida 1974 yilda jahon chempioni va 1976 yilda Monreal Olimpiadasining kumush medali sovrindori bo`lgan.



Sport karerasining oxirida esa Rufat aka "Zangori qo`ng`iroqqa ..." filmida bosh rolni ijro etgan. U filmdagi roli bilan o`z hayotini – o`zbek mahallasida tug`ilib o`sgan bolakay qay tariqa jahon chempioniga aylanganini ochib bergan.

Шарҳлар