Му5
46

Talabalar Koreyada bepul malaka oshiradi

Jamiyat 17.10.2019, 07:04
179
Talabalar Koreyada bepul malaka oshiradi

O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat institutiga Janubiy Koreyaning HONAM universiteti dekani Li Yong Kyu va xalqaro ishlar bo`yicha bo`lim boshlig`i Son Van Yi tashrif buyurdi.
Xorijlik mehmonlarni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor Go`zal Xoliqulova, o`quv ishlari bo`yicha prorektor Rixsitillla Ismoilov, ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati kafedrasi mudiri Iqboljon Meliqo`ziev kutib olishdi.
Uchrashuv doirasida olib borilgan muzokaralar natijasida ikki tomon o`rtasida manfaatli shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko`ra, instutdan 1 nafardan o`qituvchi va talaba HONAM universitetida 6 oy davomida bepul malaka oshirish imkoniyatiga ega bo`ldi! Faqat buning uchun, talabadan koreys tilini mukammal bilishi talab etiladi.
Bu yangilik, albatta, institut talabalari uchun quvonchli bo`lmay qolmaydi. Ayniqsa, "San`atda animatsiyaviy va multimediaviy loyihalash" yo`nalishi talabalari uchun bu juda ajoyib imkoniyat demakdir.

Шарҳлар