Му5
46

Chiroqchida tarvuzga haykal tiklanibdi

Jamiyat 17.10.2019, 07:25
224
Chiroqchida tarvuzga haykal tiklanibdi

Qashqadaryo viloyati hokimligining telegram kanalida Jasur Kengboev tomonidan suratga olib joylashtirilgan tarvuzning haykali paydo bo`ldi. Xabarda aytilishicha, Tarvuzning haykali Chiroqchining Ko`kdala qishlog`iga o`rnatilgan. Xabarni joylashtiruvchi quyidagi izohlarni qoldirgan:

"Yurtga birinchilardan bo`lib tarvuz etishtirib beradigan joy - qishlog`imiz Ko`kdala ostonasida tarvuzga haykal qo`yilibdi. Choynak-piyolaga, laganga, kitobga haykal tiklanganini ko`rganda, kishiga ozgina zavq keladi, tarvuzni ko`rib, poliz mahsulotlari hadisini olgan o`tamaylilik, ko`kdalalik dehqonlar sha`niga yaxshi ish qilinibdi, deb o`yladim. Baxayr bo`lsin! Zora, sayyohlar ham bir tilik tarvuz uchun Chiroqchiyu Ko`kdalamizgayam qadamranjida qilib, serqatnov bo`lib ketsa. Sharoit, imkoniyat, servis rivojlansa..."

 

Шарҳлар