Му5
46

Xiva 2020 yilda turkiy olamning madaniy poytaxti bo`ladi

Siyosat 17.10.2019, 08:29
249
Xiva 2020 yilda turkiy olamning madaniy poytaxti bo`ladi

Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya 14 oktyabr kuni Bokuda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining ettinchi yig`ilishida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma`lum qildi.

Ozarbayjon, Qirg`iziston, Qozog`iston, Turkiya, O`zbekiston va kuzatuvchi-davlat Vengriya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining o`z ishini boshlayotgan VII sammiti chog`ida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlarning loyihalari ko`rib chiqildi.

O`zbekiston delegasiyasi rahbari o`z nutqida Turkiy kengash doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirishning maqsad va vazifalari borasidagi O`zbekiston qarashlariga to`xtalib o`tdi. Xususan, mamlakat savdo-iqtisodiy, investisiya va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligi e`tirof etildi

Шарҳлар