Му5
46

“AVTO 60 OY” xodimlari rahbari Jamshid Bahodirovni oqlab chiqmoqda

Jamiyat 17.10.2019, 10:16
642
“AVTO 60 OY” xodimlari rahbari Jamshid Bahodirovni oqlab chiqmoqda

Xabaringiz bor, bir muddat avval «UzAuto Motors» kompaniyasining Ichki ishlar vazirligiga yo`llagan murojaati yuzasidan Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Avto oltimish oy” mas`uliyati cheklangan jamiyatining mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1881-moddasi 1-qismi, ya`ni pul mablag`larini va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyatini tekshirish maqsadida jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

16 oktbyar kuni kompaniya o`zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida rahbari Jamshid Boxodirovni oqlab chiqdi.

“Assalom aleykum aziz obunachilarimiz va mijozlar! Sizlarga shuni ma`lum qilmoqchimizki biz har taraflama qonuniy ish olib borganmiz! Rahbarimiz Jamshid Baxodirov bizga kerak bo`lsa 1000 so`m pulni ham kassa apparatdan o`tkazish kerakligini har doim ta`kidlab kelgan! Sizlarni xavotirga qo`yganimizdan va bunday ishlar bo`layotgani uchun sizlardan ming bor uzr so`raymiz!Bizga qolsa sizlarni mashinalaringizni tezkor ravishda sizlarga yetkazib berganimiz yaxshi. Hozircha nima bo`ladi bilmaymiz... Lekin barchamiz ishonamiz Jamshid Baxodirov tez kunda safimizga qaytadi! Chunki unda AYB YO`Q!!!U xech qanday noqonuniy ish qilmagan! Sizlardan esa faqat va faqat bizga oxirigacha ishonch bildirishingizni va qo`llab-quvvatlab turishingizni so`raymiz! Duo qiling azizlar Jamshid Baxodirov tezroq safimizga qaytsinlar”, deyiladi ma`lumotda.Taxminlarga ko`ra, Jamshid Bahodirov ayni vaqtda IIV xodimlari tomonidan so`roq qilinmoqda”,— deyiladi xodimlar nomidan.

Шарҳлар