Му5
46

“Straus House” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 17.10.2019, 12:37
Теглар: “Straus House”
319
“Straus House” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Straus House” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqida “O`zbekiston-24” telekanalining  “Jinoyatga qarshi kurashish haqiqati va adolati” ko`rsatuvida ma`lum qilingan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi a bandi bilan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Hozirda ushbu MChJ mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar natijasida jabr ko`rgan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV, Toshkent shahri va Toshkent viloyati IIBBlari hamda viloyatlar huzuridagi tergov boqarmalari, shuningdek, Respublikaning barcha shahar va tumanlaridagi ichki ishlar bo`limlari hazaridagi tergov bo`limlarida tergov guruxlari tashkil etilgan. 

Shu sababdan ushbu MChJ mansabdor shaxslaridan jabr ko`rganlar Ichki ishlar bo`limiga, shuningdek, tergov departamentining (71) 231-46-28, (71) 233-65-54 raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin.

Шарҳлар