Му5
46

Spirtli ichimliklarning narxini ko`tarish taklif etilmoqda

Siyosat 17.10.2019, 14:34
471
Spirtli ichimliklarning narxini ko`tarish taklif etilmoqda

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasining “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlarni qayta ko`rib chiqish to`g`risida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi.

Qaror bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 dekabrdagi “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlarni joriy etish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlar qayta ko`rib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilanadi.

Qaror loyihasiga ko`ra, alkogol mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlari quyidagicha belgilangan:

Qaror loyihasiga ko`ra, tayyor vinoning bir litri uchun ulgurchi narx 8600 so`m, chakana narx esa 10200 so`m etib belgilanadi. 

Bir litr tayyor konyak uchun amaldagi ulgurji narx 29000 so`m va chakana narx 34600 so`m o`rniga mos ravishda 31000 so`m va 36600 so`m belgilash taklif qilinmoqda.

Tayyor aroq va boshqa alkogol mahsulotlarning bir litri uchun yangi ulgurji va chakana narxlar mos ravishda 22000 va 26000 so`m etib belgilanishi kutilmoqda.

Qaror loyihasi 30 oktyabrga qadar portalda muhokama etiladi.  

Шарҳлар