Му5
46

Xatirchida chempion qizning onasiga uy-joy topshirildi

Sport 17.10.2019, 14:46
397
Xatirchida chempion qizning onasiga uy-joy topshirildi

Tumandagi 22-umumta`lim maktabining 6-sinf o`quvchisi Shahrizoda Bashriddinova endigina  13 yoshga to`lganiga qaramasdan sportning shaxmat turi bo`yicha to`rt karra O`zbekiston, bir marta Osiyo(Singapur 2015 yil) chempioni bo`lgan. 

Shahrizoda joriy yil yozida Qirg`izistonning Issiqko`lida o`tkazilgan Xalqaro turnirda ham ham tengqurlari orasida tengsiz bo`ldi. Kuni kecha esa chempionning onasi Yulduz Pardaevaga ikki sotixli namunaviy uy-joyning kaliti topshirildi.

Mazkur uy tumanning “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Istiqlol MFY bunyod etilgan. Ushbu qishloq muammolarini atroflicha o`rgangan komissiya a`zolari yolg`iz o`zi uch farzandni (jumladan Shahrizodani)tarbiyalayotgan Yulduz Pardaevani uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj deb topib, navbatga tavsiya etishgan edi. Shu asosda mazkur oilaga ajratilgan uyning boshlang`ich to`lovi(47 million so`m) “Xotin-qizlarni va oilani qo`llab-quvvatlash” jamoat fondi hisobidan to`lab berildi. 

Ta`kidlash joiz, tumanda shu kuni 20 oila hovli to`yini nishonlagan bo`lsa, ularning to`rttasi Yu. Pardaeva singari uy-joyga ehtiyoji “Obod qishloq” Davlat dasturi doirasida aniqlangan fuqarolar hisoblanadi. 

 

Шарҳлар