Му5
46

Rejissyor Abduvohid G`anievning "Birinchi avgust"i tez kunlarda tomoshabinlarga taqdim etiladi

Madaniyat 17.10.2019, 14:53
306
Rejissyor Abduvohid G`anievning "Birinchi avgust"i tez kunlarda tomoshabinlarga taqdim etiladi

“Birinchi avgust” filmida oliy o`quv yurtlariga qabul qilish tizimida yo`l qo`yilgan kamchiliklar, ayrim nopok kimsalarning pul evaziga bilimli va iqtidorli bolalar o`rniga savodsiz abiturientlarni qabul qilish yo`lidagi qing`ir harakatlari, poraxo`rlik muhiti va uni vujudga keltirgan omillar haqida hikoya qilinadi.

Kinoloyiha ijodkorlarining e`tirofiga ko`ra, bu filmda kimnidir yoki qaysidir qatlamni aybdor qilish emas, balki jamiyatdagi shu illatga bo`lgan loqayligi hamda korrupsiyaga yo`l ochib berilgan noto`g`ri mexanizm haqida ham fikr yuritiladi.

Film “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan “Olov Nur Media” kinostudiyasi tomonidan suratga olindi.  

Kinokartinada aktyorlardan bosh rollarni Yigitali Mamajonov, Feruza Yusupova, Tohir Saidov, Rayhon Ulasenova, Sobir Otajonov, Muyassar Berdiqulova va epizodik rollarni Samarqand viloyati teatrlarining iste`dodli aktyorlari ijro etgan. ­

Film tez kunlarda keng tomoshabinlar e`tiboriga taqdim etiladi.

Шарҳлар