Му5
46

15 yoshli qizni zo`rlaganlikda gumonlanayotgan Rossiya fuqarosi qamoqqa olindi

Jinoyat 17.10.2019, 15:28
855
15 yoshli qizni zo`rlaganlikda gumonlanayotgan Rossiya fuqarosi qamoqqa olindi

TIV Konsullik-huquqiy departamenti OAVda voyaga etmagan O`zbekiston fuqarosiga nisbatan sodir bo`lgan zo`rlash to`g`risida xabar tarqalgani munosabati bilan mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur masala nazoratga olingani to`g`risida axborot berdi. 

2019 yil 15 oktyabr kuni Bosh konsul Fariddin Nasriev Rossiya IIV Ufa shahri Boshqarmasining Chet el fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markaziga bordi, jabrlangan hamyurtimizning onasi va uning advokati bilan suhbatlashdi, mahalliy tergov organlariga rasmiy murojaat qildi.

Olingan ma`lumotlarga ko`ra ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan Rossiya fuqarosi K.T.ga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan hamda qamoqqa olish chorasini qo`llash haqida qaror qabul qilingan.

Ufada kelib chiqishi Tojikistondan bo`lgan 44 yoshli migrant ikki yil davomida 15 yoshli O`zbekistonlik qizni zo`rlab, qo`rqitib kelgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volgabo`yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o`lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma`lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.

 

Шарҳлар