Му5
46

Saudiya Arabistonidagi YTHda 35 ziyoratchi halok bo`ldi

Dunyo 17.10.2019, 16:04
Теглар: Saudiya Arabistoni, avtohalokat
409
Saudiya Arabistonidagi YTHda 35 ziyoratchi halok bo`ldi

Makka va Madina o`rtasidagi yo`lda sodir bo`lgan yo`l hodisasida arab va Osiyo davlatlaridan kelgan 35 nafar ziyoratchi vafot etdi.

Bu haqda TASS agentligi polisiya ma`lumotlariga tayangan holda xabar berdi.

Avariya Makka va Madina shaharlari o`rtasidagi yo`lda sodir bo`ldi. Yo`lovchi avtobusi katta yukli mashina bilan to`qnashishi natijasida kuchli zarbadan yong`in chiqdi.

Avtobus yo`lovchilari — Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlaridan bo`lgan ziyoratchilar — kichik haj (Umra) amaliga otlangan bo`lgan. Avtobusda jami 40 kishi bo`lgan. Bu hodisada jabrlanganlardan 4 kishi shifoxonaga joylashtirildi.

Шарҳлар