Му5
46

Germaniyaning «Shtutgart» klubi Eldor Shomurodov uchun 10 mln evro taklif qildi

Sport 17.10.2019, 17:50
Теглар: Eldor Shomurodov, futbol
411
Germaniyaning «Shtutgart» klubi Eldor Shomurodov uchun 10 mln evro taklif qildi

Germaniyaning «Shtutgart» klubi Rossiyaning «Rostov» jamoasidan hujumchi Eldor Shomurodovni sotib olish uchun 10 mln evro taklif qildi. O`zbekiston terma jamoasi o`yinchisiga SSKA ham qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda futbolchi vakili Qahhor Mo`minov Sports.ru saytiga bergan intervyusida ma`lum qildi.

««Shtutgart» 10 mln evro atrofida mablag` taklif qildi. SSKA ham mos taklif bildirdi. Bu erda hal qilish huquqini «Rostov»ga qoldirishdi. Qishda ushbu masalaga qaytishga kelishildi, hozirda bizda o`xshash raqamlari bo`lgan taklif mavjud», — dedi agent.

Qahhor Mo`minov yozgi transfer mavsumida Eldor Shomurodov «adolatli» taklif bo`lgan taqdirda top ligalardan biriga o`tishi kerak.

«Ko`rayapmanki, qishda sotishda «Rostov»ga qiyin bo`ladi, bu erda uning pozisiyasi tushunarli. Hozir O`zbekistondaman, Eldor va uning oilasi bilan gaplashdim. Yozda top ligalardan biridan adolatli taklif bo`lsa, o`tishga ko`ndiraman, axir Shomurodov «Rostov» bilan aynan shu haqda kelishgan edik», — dedi futbolchi vakili.

24 yoshli futbolchi Eldor Shomurodov Rossiya Premer-ligasi golurarlar poygasida etakchi hisoblanadi. U chempionatdagi 12 ta o`yinda 10 golga mualliflik, 2 ta golga esa hammualliflik qildi. 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida esa 3 ta o`yinda 3 ta gol kiritdi.

«Rostov» ayni vaqtda 26 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o`rinni egallab turibdi.

Шарҳлар