Му5
46

Xo`jayli tumani hokimi jahon chempionini 10 mln. so`m bilan mukofotladi

Sport 17.10.2019, 19:03
430
Xo`jayli tumani hokimi jahon chempionini 10 mln. so`m bilan mukofotladi

 

Xo`jayli tumani hokimi Jenis Ermashev sambo bo`yicha jahon chempioni Umida Jumanazarovani 10 mln. so`m bilan mukofotladi, deya xabar bermoqda O`zA. Umida shu yili 11-13 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o`smirlar va yoshlar o`rtasida o`tkazilgan jahon chempionatida 48 kg. salmoq kategoriyasida mutlaq g`oliblikni qo`lga kiritgan edi.

Umida 2002 yilda Xo`jayli tumanida tug`ilgan. Hozirgi kunda tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli 19-sonli maktabning 10-sinf o`quvchisi. Sportning sambo turiga bolaligidan qiziqqan. Uning ustozi ota-onalari Anvar Ataxanov va Umida Beshimovalardir.

U Qoraqalpog`iston va O`zbekiston Respublikasi miqyosida o`tkazilgan ko`plab musobaqalarda g`oliblikni qo`lga kiritgan. Yutuqlari natijasida O`zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi tomonidan I va III darajali diplomlar egasi bo`ldi.

 

Шарҳлар