Му5
46

Tashqi ishlar vazirligi Singapurga borayotgan fuqarolarni ogohlantirmoqda

Dunyo 17.10.2019, 22:02
326
Tashqi ishlar vazirligi Singapurga borayotgan fuqarolarni ogohlantirmoqda

Singapur Immigrasiya va nazorat-o`tish punktlari xizmati 2019 yil 14 avgustdan boshlab Singapurga kirishni qayd etish (SG Arrival Card) elektron xizmatining tajriba versiyasini sinovdan o`tkazmoqda, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Mazkur dastur Singapurga kelayotgan shaxs tomonidan mamlakatga kelishidan avval o`zi to`g`risidagi ma`lumotlarni taqdim qilishi bilan bog`liq jarayonni tezlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Dastur bosqichma-bosqich 2021 yilgacha amaldagi hujjatlarni qog`oz shaklida to`ldirish tizimi o`rnini egallaydi.

Singapurga borishni rejalashtirayotgan chet el fuqarolari barcha mavjud elektron platformalar orqali mamlakatga kelishidan oldin 14 kun ichida zarur shaklni to`ldirishi mumkin. Dastur xizmatlaridan foydalanish tekin, ammo viza tizimi o`rnatilgan davlatlarning fuqarolari uchun viza olish bilan bog`liq jarayonni bekor qilmaydi.

Hozirda mazkur qulaylikdan Singapurga faqatgina havo transporti vositasida keluvchi shaxslar foydalanishi mumkin.

«TIV konsullik-huquqiy departamenti Singapur, Avstraliya va Yangi Zelandiya hududida bo`lgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Singapurdagi elchixonasiga +65 6734 3942 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi», — deyiladi xabarda.

Шарҳлар