Му5
44

Mas`uliyatni unutmang, otalar !

Jinoyat 18.10.2019, 09:48
381
Mas`uliyatni unutmang, otalar !

Hamma ham yaxshi niyatlar bilan oila quradi. Farzandli bo`lishni orzu qiladi. F. G`ulomov ham Farzonaga uylaganda bir kun ajarib ketishi haqida xayoliga ham keltirmagan edi. Ikki nafar farzandini tirik etim qilib, ota mehridan mosuvo etib yashayotgan G`ulomov ularning ehtiyoji uchun to`lashi lozim bo`lgan qonuniy aliment pullarini  to`lashdan bo`yichn tovlab keldi.

Fuqarolik ishlari bo`yicha Kogon tumanlararo sudining 18.03.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan Kogon shahrida yashovchi F.G`ulomov undiruvchi F.Sharipova foydasiga ikki nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment to`lashi belgilangan bo`lishiga qaramasdan oradan 8 oydan ko`proq vaqt mobaynida aliment pulini to`lamagan

  MIB Kogon tumani bo`limi ish yurituvidagi aliment ishi bo`yicha F.G`ulomovning aliment to`lovlarini ikki oy va undan ortiq muddat mobaynida to`lashdan qasddan bo`yin tovlab kelganligi oqibatida aliment qarzi 5 316 256 so`mni tashkil qiladi.

  Buxoro tuman ma`muriy sudining 15.10.2019 yildagi qaroriga asosan F.G`ulomov O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 474-moddasi bilan aybdor deb topilib, 15 (o`n) besh sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Шарҳлар