Му5
44

Qandim gazni qayta ishlash majmuasida zavod to`liq qurib bitkazildi

Iqtisodiyot 18.10.2019, 11:48
407
Qandim gazni qayta ishlash majmuasida  zavod to`liq qurib bitkazildi

2019 yil 17 oktyabrda Buxoro viloyatidagi Qandim gazni qayta ishlash majmuasida gazni qayta ishlovchi zavod to`liq qurib bitkazilgani va tegishli infrastruktura yaratilishi munosabati bilan Davlat qabul komissiyasining hujjatni imzolash marosimi o`tkazildi.

«LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJ tomonidan Davlat qabul komissiyasiga har birining tabiiy gazni yillik qayta ishlash quvvati 4,05 mlrd. m3 ga teng bo`lgan ikkita texnologik tizimdan iborat gazni qayta ishlash zavodi, ma`muriy bino, ta`mirlash hududlari va zavod qoshidagi boshqa ob`ektlar, 1150 kishiga mo`ljallangan alohida turar joy majmuasi, umumiy uzunligi 220 kilometr bo`lgan yig`uv tizimi inshootlari, 71 ta quduq, 285 kilometr avtomobil yo`li, uzunligi 70 kilometrga teng eksport quvuri, 55 kilometr uzunlikdagi suv ta`minoti, 268 kilometr uzunlikdagi elektr ta`minoti tizimlari (VL-220, VL-35, VL-10)dan iborat «Qandim konlar guruhida gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi va ishga tushirilishi» investisiya loyihasi to`liq qurib bitkazilib, taqdim etildi. 

Davlat qabul komissiyasi tarkibiga O`zbekiston Respublikasi Energetika, Bandlik va mehnat munosabatlari, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish vazirliklari, «O`zbekneftgaz» AJ, Davlat energetika nazorati, Sanoat xavfsizligi bo`yicha davlat qo`mitasi, “O`zdavneftgazinspeksiya», Yong`in xavfsizligi Bosh boshqarmasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, kasaba uyushmalari tashkilotlari, Buxoro viloyat hokimligi va boshqa davlat tashkilotlari vakillarining jami bo`lib 30 nafarga yaqin vakili kiritilgan.

Ma`lumot uchun: 2018 yil 19 aprelda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev, Rossiya Federasiyasi Energetika vaziri A.Novak va «LUKOYL» PAO prezidenti V.Alekperov ishtirokida Qandim gazni qayta ishlash majmuasining tantanali ochilishi bo`lib o`tgandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan “sahrodagi mo``jiza” deya yuqori baholangan, zamonaviy muhandislik va transport infratuzilmasidan iborat va umumiy investisiyasi 3,5 mlrd. dollarga teng Qandim gazni qayta ishlash majmuasi rekord darajadagi qisqa muddatda qurildi va loyiha muddatidan 8 oy avval foydalanishga topshirildi. Zavodning quvvati 8 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlashga mo`ljallangan. Majmua gazni vodorod sulfiddan tozalashga va tovar gaz, barqaror gaz kondensati ishlab chiqarishga mo`ljallangan.

Mazkur yirik ko`lamdagi gazni qayta ishlash majmuasining qurilishi, loyihalash va texnologik uskunalarning etkazib berilishi «HyundaiEngineeringCo.,Ltd» va «EnterEngineering PTE. Ltd» kompaniyalaridan iborat konsorsium tomonidan amalga oshirildi.


 

Шарҳлар