Му5
46

Qashqadaryoda qizlar yoppasiga yo`qolyaptimi?

Jamiyat 18.10.2019, 12:49
1772
Qashqadaryoda qizlar yoppasiga yo`qolyaptimi?

Xabar berganimizdek, kecha 17 oktyabr AOKA anjumanlar zalida Ichki ishlar vazirligi tamonidan matbuot anjumani o`tkazildi...

Jurnalist va blogerlar bilan bo`lgan uchrashuvda qashqadaryolik 14 yashar Sevinch Razzoqovaning yo`qolib qolgani va bunday xabarlardan so`ng  bu viloyatda Sevinch yoshidagi o`nlab qizlar yo`qolgani haqida mish-mishlarga ham aniqlik kiritildi.

Irina Sayfutdinova, Toshkent shahar IIBB axborot multimedia markazi rahbari: bu masala haqda quyidagilarni bayon qildi.

— Biz chindan ham Sevinch Razzoqovaning yo`qolgani haqidagi xabarni e`lon qilgan edik. Biz buni qashqadaryolik hamkasblarimiz iltimosiga binoan bajardik. Negaki, ularda Sevinchni Toshkentda ko`rganlar bor, degan ma`lumot bo`lgan. Qashqadaryo haqidagi boshqa faktlarga to`xtaladigan bo`lsak, bunday xabarlarga ega emasmiz. Fikrimcha, bu omma orasida bosimni oshirishdan boshqa narsa emas. Tarmoqlardagi turli audio va boshqa xabarlarga kelsak, bu ko`p hollarda “sertashvish” onalar 10-15 yil oldingi xabarlarini qayta yuklanishlaridan paydo  bo`lyapti. Shu tariqa keraksiz shov-shuv paydo bo`ladi. Biz bir necha marotaba bu eski ma`lumot ekanligini, fuqarolar o`rtasida vahima yoyish kerakmasligini so`rab, iltimos qilganmiz. 

 

Шарҳлар