Му5
46

Xushini yo`qotgan erkak ayolni poezd tagiga itarib yubordi (Video)

Dunyo 18.10.2019, 19:31
2431
Xushini yo`qotgan erkak ayolni poezd tagiga itarib yubordi (Video)

Argentina poytaxti Buenos-Aeresda tasodifan xushdan ketib yiqilgan erkak bir ayolni kelayotgan metro poezdi tagiga itarib yubordi. Mo``jiza yuz berib bu ayolning hayoti asrab qolindi.

Ushbu videoyozuvda Pueyyrredon metro bekatida turgan erkakning hushdan ketgani va ayolning poezd relslari ustiga yiqilib tushgani, metro bekatidagi yo`lovchilar qay tarzda poezdni to`xtatib qolishgani aks etgan. 

Relsga yiqilgan ayol qattiq urilgani bois xushini yo`qotgan edi. Yaxshiyam mashinist o`z vaqtida poezdni to`xtatdi. Shundan so`ng ikki kishi sakrab tushib, ayolni chiqarib olishdi. Shu voqeadan so`ng har ikkala xushdan ketgan yo`lovchini shifoxonaga olib borishgani aytilmoqda.

 Video:

Шарҳлар