Му5
44

«Bosh vazir kubogi» musobaqalari boshlandi

Sport 19.10.2019, 21:08
Теглар: Bosh vazir kubogi, sport
413
«Bosh vazir kubogi» musobaqalari boshlandi

Bugun «Bunyodkor» futbol akademiyasining mashg`ulot maydonlarida «Bosh vazir kubogi»ning futbol musobaqalariga start berildi. 

Ushbu musobaqa Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo`jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o`rtasida tashkil etildi. Unda erkaklar futbol, ayollar voleybol bo`yicha «Bosh vazir kubogi» uchun bellashmoqda. 

O`yinlarni mamlakatimizning malakali hakamlari boshqarib borishmoqda. Musobaqaning ilk kunidayoq bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi. Ayniqsa, bu kabi turnirlarda ko`p bora g`alaba qozonishgan O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi jamoasining «O`zbekiston temir yo`llari» AJ xodimlariga yirik – 0:8 hisobida yutqazib qo`yishi ko`pchilik uchun haqiqiy «syurpriz» bo`ldi. Shuningdek, «Xalq banki» jamoasi ham Xalq ta`limi vazirligi xodimlariga haqiqiy master-klass o`tib berishdi, desak mubolag`a bo`lmaydi.

Respublika veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo`mitasi jamoasi esa «O`zbekinvest»ga qarshi o`yinda matonat ko`rsatdi. Ya`ni 0:2 hisobi bilan ortda qolayotgan veterinarlar jamoasi o`yinda tub burilish yasadi, ya`ni «kambek» qayd etildi va tanaffusdan keyin raqiblari darvozasini to`rt marta ishg`ol qilib, o`yinni o`z foydalariga hal qilishdi.

«Bosh vazir kubogi» musobaqasining ilk kunida qayd etilgan natijalar:

Futbol bo`yicha «Bosh vazir kubogi-2019» musobaqasi

19 oktyabr, shanba. 1/32 final

Davlat Soliq qo`mitasi – Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi – 5:0

«Sharq» nashriyoti – Olmaliq Kon-metallurgiya kombinati – 0:6

O`zbekiston Yoshlar ittifoqi – O`zLiDeP Markaziy Kengashi – 8:1

AT «Xalq banki» – Xalq ta`limi vazirligi – 9:0

Qishloq qurilish invest – O`zkimyosanoat – 5:0

Investisiya va tashqi savdo vazirligi – Davlat Bojxona qo`mitasi -:+

Moliya vazirligi – Oliy sud – 0:1

«O`zbekiston temir yo`llari» – O`zbekiston MTRK – 8:0

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi – Farmasevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi – 1:1 (penaltilar seriyasi – 6:5)

Toshshahartransxizmat – Issiqlik elektr stansiyalari – 6:1

Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo`mitasi – «O`zbekinvest» – 4:2

O`rmon xo`jaligi – Oliy attestasiya komissiyasi -:+

«Vatanparvar» tashkiloti MK – Adliya vazirligi – 0:2

Tovar xom-ashyo birjasi – O`zAtom (Atom energiyasini rivojlantirish agentligi) – 3:1

«Kafolat» sug`urta kompaniyasi – «O`zbekneftegaz» – 1:0

Energetika vazirligi – Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi – 2:2 (pen. – 3:5)

«Bosh vazir kubogi»ning 1/32 final bosqichidan o`rin olgan qolgan uchrashuvlar ertaga o`tkaziladi. Musobaqaning yarim final va final o`yinlari mamlakatimizning bosh arenasi – «Milliy» stadionda tashkil etiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Шарҳлар