Му5
46

«Musulmon uchun bu ishlar sharmandagarchilik». Muhammad Salohning model bilan tushgan suratlari tanqidlarga sabab bo`ldi (foto)

Sport 20.10.2019, 15:02
2432
«Musulmon uchun bu ishlar sharmandagarchilik». Muhammad Salohning model bilan tushgan suratlari tanqidlarga sabab bo`ldi (foto)

Liverpul hujumchisi Muhammad Saloh taniqli model Alessandro Ambrossio bilan fotosessiyada ishtirok etdi. Ammo, ushbu suratlar Misrlik forvardning muxlislariga yoqmadi va bir qancha tanqidlarga sabab bo`ldi, deya xabar berilmoqda.

Suratlarning birida Ambrossio Salohning orqasida turib uni quchoqlagani aks etgan. Shuningdek, OAVda fotosessiyadan tayyorlangan video ham tarqalgan. Videoda yulduzlar hursandligini ko`rish mumkin. Misrdagi ko`pchilik odamlar musulmon jamiyatida ulg`aygan va oilali erkak sifatida Salohning bu xatti-harakatlarini noma`qul, deb hisoblashgan.

«Tasavvur qiling-a,  turmush qurgan musulmon ayol buni qilgandami»,  deb izoh qoldirdi Tvitter foydalanuvchisi.  «Musulmon uchun bu ishlar sharmandagarchilik», deb izoh qoldirdi Instagram foydalanuvchilaridan biri.

Dunyo bo`ylab o`n millionlab muxlislarga ega bo`lgan futbolchi hali bu izohlarga javob qaytarganicha yo`q.

Muxlislar orasida uni oqlovchilar ham bo`ldi. Ularning aytishicha, Saloh faqatgina Misrda emas, balki butun dunyo miqyosidagi yulduz inson hisoblanadi va uning model bilan tushgan suratlari tanqidiy qabul qilinmasligi kerak.

Шарҳлар