Му5
46

Nukusda yuqori sinf o`quvchilari o`rtasida yangicha harbiy-sport estafetasi o`tkazildi (Video)

Jamiyat 21.10.2019, 09:37
Теглар: Video
1013
Nukusda yuqori sinf o`quvchilari o`rtasida yangicha harbiy-sport estafetasi o`tkazildi (Video)

Razvedkachilarning to`siqli yo`lagini engish, granatani gabaritga tushurish, nishonlarga qarata pnevmatik miltiqdan o`q uzish va yana bir qancha sinovlarga boy bo`lgan yangicha harbiy musobaqaning ilk g`oliblari aniqlandi.

19 oktyabr kuni Shimoli-g`arbiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligi tashabbusi bilan Nukus shahridagi 10 ta maktabning yuqori sinf o`quvchilari o`rtasida okrug qo`shinlari qo`mondonining kubogi uchun “Yosh vatanparvarlar” harbiy sport estafetasi o`tkazildi.

O`zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosiga bag`ishlangan mazkur musobaqa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bandligini ta`minlash, sportga qiziqishini orttirish hamda katta hayotga tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.

Musobaqani okrug qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Dilshod Choriev ochib berdi va bellashuv ishtirokchilarini qutladi.

“Sizlar bizning ham farzandimiz. Shu safda turgan har bir  o`g`il-qiz qo`mondonning farzandi. Biz sizlarning sport yo`nalishida, jumladan harbiy estafetalarda ishtirok etishlaringiz uchun qo`limizdan kelgancha hamma sharoit yaratamiz”, – dedi polkovnik Dilshod Choriev.

Shuningdek, qo`mondon o`z nutqida kelgusida mazkur harbiy sport estafetasini Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatining barcha hududlari yoshlari o`rtasida har yili o`tkazishga va`da berdi. 

Nukus garnizoni hududida joylashgan mini-poligonda qizg`in bahs va munozaralarga boy o`tgan estafeta yoshlarning jamoa bo`lib harakat qila olishini ko`rsatib berdi. Musobaqa shartiga ko`ra ishtirokchilar razvedkachilarning to`siqli yo`lagidan o`tib, BTR-80 qurolining mo`ljalga olish optik moslamasini nishonga to`g`irlash, avtomatni noto`liq qismlarga ajratish va yig`ishi hamda o`qdonni o`q dorilar bilan to`ldirishi, granatani belgilangan joyga tushurishi, pnevmatik miltiqdan merganlik mahoratini sinovdan o`tkazishi, ommaviy qirg`in qurollaridan himoya vositalarini kiyishi, shartli yaradorga tibbiy yordam ko`rsatishi va radioaloqani ishga hozirlashi zarur edi.

Har bir jamoadan 3 nafar o`g`il va 3 nafar qiz bolalar qatnashgan bahslar davomida ishtirokchilarning g`alabaga bo`lgan ishonchi oxirgi daqiqalargacha sezilib turdi. Barcha me`yorlarni bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta`minlash maqsadida to`siqlar oldida harbiy xizmatchilar nazoratni amalga oshirdi. 

Yakuniy natijalarga ko`ra Shimoli-g`arbiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonining kubogi uchun kechgan bellashuvda Nukus shahridagi 19-umumta`lim maktabi o`quvchilari g`olib bo`ldi. Ikkinchi o`rinni 36-maktab o`quvchilari va uchinchi o`rin 17-maktab jamoasiga nasib etdi. 

G`olib va sovrindor jamoalar harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonining kubogi, esdalik sovg`alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Harbiy sport estafeta doirasida yoshlar uchun qurol-aslaha va harbiy texnika namoyishi hamda konsert dasturi bo`lib o`tdi. Okrug qo`shinlari qo`mondonligining moddiy ta`minot bo`linmalari tomonidan ikki yuz nafardan ziyod yoshlar uchun mobil dala oshxonasida harbiycha tushlik tashkil etildi. 

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

Шарҳлар

Abu Saxiy bozorida tadbirkorlar to`polon ko`tardi: ular nimadan norozi? (Video)

16.11.2019, 11:19

Ijtimoiy tarmoqlarda Abu Saxiy bozorida tadbirkorlarning to`polon ko`targani aks etgan videolar tarqalmoqda.Ma`lumotlarga ko`ra, ular do`konlari buzilayotganidan norozi va "Hech qaerga chiqmaymiz", deya norozi bo`lishyapti.
Angren GRES qo`rg`onidagilar issiq suv berilmayotganidan norozi bo`ldi (Video)

16.11.2019, 10:48

Toshkent viloyatining Angren shahrida aholi hali ham issiq suv berilmaganidan norozi. Tahririyatga yuborilgan videoda issiqlik idorasi binosida bir necha kishining yig`ilib turganini ko`rish mumkin."Isitish mavsumi...
Endilikda YPX xodimlari xaydovchilarni asossiz to`xtatmaydi

13.11.2019, 17:56

Agar xodimning qo`lida dislokasiyasi bo`lmasa, u sizga ma`muriy bayonnoma tuzishga xaqi yo`qva tuzgan bayonnomasi yuridik kuchga ega emas. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXB Axborot...
O`zbekistonlik yigitlar shippak yordamida quvur chalib,CAGT tanlovi hakamlarini xayron qoldirdi (Video)

13.11.2019, 17:12

O`zbekistonlik yigitlardan iborat Blueman guruhi Central Asia’s Got Talent xalqaro tanlovida noodatiy chiqish bilan muxlislar olqishiga sazovor bo`ldi. Ular Shakiraning Waka Waka va Europe guruhining...