Му5
46

Jamshid Qo`chqorov — yilning eng yaxshi moliya vaziri

Iqtisodiyot 21.10.2019, 10:33
472
Jamshid Qo`chqorov —  yilning eng yaxshi moliya vaziri

Buyuk Britaniyaning nufuzli Global Markets nashri (“Euromoney Institutional Investor”ning qismi) Jamshid Qo`chqorovni " Markaziy va Sharqiy Evropa mintaqasi bo`yicha, shu jumladan MDHda 2019 - yilning eng yaxshi Moliya vaziri" deb e`tirof etdi.



Ushbu nashr tahririyati O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini liberallashtirishda, Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida yurtimiz iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarni, xususan: valyuta bozorini liberallashtirishni, soliq sohasidagi islohotlarni, savdo cheklovlarini engillashtirishni va davlat suveren obligasiyalarning emissiyasini samarali o`tkazishda erishilgan katta yutuqlarni yuqori baholadi.

Шарҳлар