Му5
46

P.Benkov maktabiga bir asr to`ldi

Madaniyat 21.10.2019, 11:47
285
P.Benkov maktabiga bir asr to`ldi

Bu yil P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi tashkil etilganiga 100 yil bo`ldi.

Ushbu sana O`zbekiston Badiiy akademiyasi a`zolari, rassomlar, san`at arboblari, professor-o`qituvchilar, diplomatik korpus vakillari, talaba-yoshlar ishtirokida nishonlandi. 

P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi 1919 yilda Toshkent rassomlik texnikumi va P.Benkov nomidagi Samarqand rassomlik bilim yurti negizida Toshkentda tashkil qilingan. Bilim yurtida dastlab rassom-o`qituvchilar, teatr sahna bezagi, haykaltaroshlik bo`limlari bo`lgan. Keyinchalik (1952-1953) amaliy san`at, ganch, yog`och o`ymakorligi, kandakorlik, gilam to`qish, 1975 yilda badiiy bezatish, 1981 yilda miniatyura rassomligi kabi yo`nalishdagi bo`limlar ham tashkil etildi.

O`zbekistonning XX asr tasviriy san`ati xazinasiga munosib hissa qo`shgan Pavel Petrovich Benkov, Aleksandr Nikolaevich Volkov, Zinaida Kovalevskaya, Abdulhaq Abdulllaev, Malik Nabiev, Lutfulla Abdullaev, Rashid Timurov, Rahim Ahmedov, Eduard Qalandarov, Ro`zi Choriev, Ne`mat Qo`ziboev, Zokir Inog`omov, Qutlug` Basharov, Shuhrat Abdurashidov, Telman Muhamedov va boshqa yuzlab rassomlarning ijodiy tarjimai holi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi tarixi bilan chambarchas bog`liqdir.

Шарҳлар