Му5
46

Harbiy sportchilarimiz Xitoydagi musobaqada bellashmoqda

Sport 21.10.2019, 12:13
369
Harbiy sportchilarimiz Xitoydagi musobaqada bellashmoqda

Joriy yilning 18-27 oktyabr kunlari Xitoyning Uxan shahrida bo`lib o`tayotgan VII Xalqaro harbiy o`yinlarida O`zbekiston harbiylari - Milliy gvardiya qoshidagi Respublika ot sporti bo`yicha oliy sport maktabi sportchilari ham qatnashmoqda.

Xalqaro harbiy o`yinlari – bu dunyodagi eng yirik ko`p tarmoqli sport tashkilotlaridan biri bo`lgan Xalqaro harbiy sport kengashi tomonidan harbiy sportchilar uchun tashkillashtirilgan sport musobaqalaridir. Ushbu musobaqalar harbiy xizmatchilar uchun Olimpiya o`yinlarining analogidir va u ham har to`rt yilda bir marta Olimpiya o`yinlaridan roppa-rosa bir yil oldin o`tkaziladi.

O`zbekiston sportchilari uchun bunday nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etish juda muhim va mas`uliyatli voqeadir, chunki bu erda sportchilarimizdan tashkil topgan delegasiya O`zbekiston ot sporti tarixida ilk marotaba qatnashmoqda. 

O`tgan davr mobaynida jamoani shakllantirish va tayyorlash bo`yicha ko`p ishlar amalga oshirildi. O`zbekistonlik ishtirokchilar Gollandiya, Portugaliya, Qatar, Rossiya, Suriya, Tailand, Urugvay, Xitoy, Germaniya, Argentina, Bahrayn, Braziliya, Chili, Ekvador, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Quvayt, Lyuksemburg va Nepal va boshqa mamlakatlarning 20 ta sportchi jamoalari bilan bellashadi. Musobaqalar sportning 27 ta turi bo`yicha o`tkaziladi. 

Mazkur o`yinlar tinchlik davrida butun dunyo bo`ylab armiyalarning kuchini namoyish etadi. Xalqaro harbiy o`yinlari o`zaro do`stlikni mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun muhim maydon bo`lib xizmat qiladi.

Milliy gvardiya matbuot xizmati

 

 

Шарҳлар