Му5
46

Tashkent city'da sayohat qilgan Nilufar Usmonova onasining sirini oshkor qildi (Video)

Shou-biznes 21.10.2019, 16:48
6353
Tashkent city'da sayohat qilgan Nilufar Usmonova onasining sirini oshkor qildi (Video)

18 oktyabr kuni Tashkent city bo`ylab farzandlari bilan sayohat qilgan Nilufar Usmonova uning tafsilotlarini o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joyladi.

Sayohat chog`ida Nilufar Usmonova Tashkent city’dan olgan taasurotlari bilan o`rtoqlashish bilan birga yana bir qator qiziqarli uchrashuvlarga ham duch keldi. U sayr davomida tasodifiy uchrashuvga duch kelgan. Ya`ni onasi, O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning bosh ma`muri, turmush o`rtog`i hamda klipmeyker Jonrid bilan uchrashib qolgan. 

Ma`lum bo`lishicha, O`zbekiston xalq artisti Nilufar Usmonova huddi shu kuni Tashkent city’da klip suratga olgan. Ushbu sirni klip jarayonini tashkillashtirish maqsadida mazkur joyga tashrif buyurgan klip rejissyori Nilufarga oshkor qilgan. 

Yulduz Usmonovaning taronasiga navbatdagi klip 18 oktyabr kuni suratga olinganligini videodan bilib olish mumkin.

Bundan tashqari sayr davomida Nilufar Usmonova bu erga tashrif buyurgan bir qator hamyurtlari bilan ham suxbatda bo`lganini guvohi bo`lish mumkin.

Шарҳлар