Му5
46

Shahrisabz “Koba”sida yarim yalang`och qizlar yordamida «fayz» berilmoqda

Jamiyat 21.10.2019, 18:21
2644
Shahrisabz “Koba”sida yarim yalang`och qizlar yordamida «fayz» berilmoqda

Qashqadaryo viloyatida turizm deb, faxshni tarqatayotgan, yarim yalang`och qizlarni behayo raqslari bilan mehmonlarni ko`nglini shod qilishga urinayotgan qo`shtirnoq ichidagi «taraqqiyotparvar»lar ham uchramoqda, deya xabar bermoqda KESHNEWS

Oktyabr oyida Shahrisabz shahridagi restoranga aylantirilgan, bir necha asrlik "Koba" karvonsaroyida ko`ngilochar kecha bo`lib o`tdi.

Tadbir tashkilotchilari «Koba» va Shahrisabzning ulug`vorligi, qadimiyligi, an`anlarini bir pulga olmasdan strip-plastika, yana ham ochiqroq aytadigan bo`lsak, yalang`och qizlar raqsini mehmonlarga namoyish etdilar.

Bunday tadbirlarga yarim yalang`och qizlar yordamida «fayz» berish Shahrisabz, qolaversa Qashqadaryo viloyati haqida mehmonlarda yomon taassurot paydo bo`lishiga sabab bo`lmaydimi? Ular viloyatda intim-turizmga alohida e`tibor qilinar ekan degan fikrga kelmaydilarmi?

Tushunamiz, raqqosalar qashqadaryolikka o`xshamaydi. Biroq ulardan hech qaysi sayyoh «qaerliksan?» deb so`ramaydiku. Shunchaki Qashqadaryo shunaqa «ajoyib» joy ekan degan taassurot qoladi. Kimlardir bu qizlarni fotosuratga va videotasvirga olib Taylandga borib nima qilasizlar, Shahrisabzda barchasi muhayyo deb xorijda reklama qilmaydilarmi?

Bunday ko`ngilochar tadbirlar Qashqadaryoni tanitish uchun kerak emas, bizning bunday nomussizlik targ`ibotiga muhtojligimiz yo`q.

Viloyatimizga sayyohlar ulug`vor tariximizni ko`rish uchun kelganining o`zi etadi, ular raqqosa qizlarni izlab kelishlarini ko`tara olmaymiz.

Viloyat hokimi Z.Ro`zievdan bu kabi tadbirlarni tashkil etishda boshchilik qilgan rahbarlarga chora ko`rishlarini so`rab qolamiz. Viloyat hokimining turizmga mas`ul o`rinbosari, Shahrisabz shahar hokimidan bu tadbir haqida tushuntirish berishlarini so`raymiz.

Nega «Koba» karvonsaroyi restoranga aylantirilganini endi xalq tushuna boshlayapti(mi?)

Qashqadaryo faxsh bilan dunyoga taniladigan yurt emas! Biz nomusi osmon bo`lgan elmiz!

Шарҳлар