Му5
46

Salkam 126 million so`mlik qarzdorlik undirib berildi

Jinoyat 21.10.2019, 18:47
219
Salkam 126 million so`mlik qarzdorlik undirib berildi

Majburiy ijro byurosining Namangan shahar bo`limi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlari ijrosini ta`minlash, qarzdorlikni majburiy tartibda undirib berish borasida keng ko`lamli tadbirlar o`tkazib kelinmoqda.

Jumladan, bo`lim ish yurituvda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil avgust oyidagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Namangan dori-darmon aksionerlik jamiyatidan “Uzmedimpeks” davlat unitar korxonafoydasiga 125.890.440 so`m undirishbelgilangan. 

Mazkur ijro hujjati MIB Namangan shahar bo`limi ish yurituviga joriy yilning 18 sentyabr kuni kelib tushgan va ijro ishi qo`zg`atilib, tomonlarga yuborilgan. 

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor xo`jalik sub`ektining hisob raqamlariga band solingan va inkasso topshiriqnomasi yuborilgan. Shundan so`ng qarzdorlik to`liq undirildi va ijro hujjati tamomlandi.

Шарҳлар