Му5
46

Texnika universiteti talabalari Abu Dabiga o`qishga yuboriladi

Jamiyat 21.10.2019, 19:10
189
Texnika universiteti talabalari Abu Dabiga o`qishga yuboriladi

Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonov boshchiligidagi delegasiya Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida joylashgan Xalifa universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqida darakchi.uzga Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati  xabar bermoqda.

Xalifa universiteti ijrochi vise prezident Arif Sultan Al Xammadi, vise prezident Ahmed Al Shoaybi bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda hamkorlikda iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur yo`nalishlarda malakali kadrlar tayyorlash, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borishni yo`lga qo`yish masalalari muhokama qilindi. 

Muzokaralar yakunida 2020 yilning yanvar-may oylarida Xalifa universitetiga Toshkent davlat texnika universitetining energetika sohasi bo`yicha bir guruh iqtidorli talabalarini o`qishga hamda ilmiy xodimlarni ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun jo`natishga kelishildi.

 

Shuningdek, keyinchalik bosqichma-bosqich qo`shma ta`lim dasturlari asosida ikki tomonlama diplom berish bo`yicha bakalavriat (2+2) va magistratura (1+1)da talabalarning ta`lim olishini tashkil etish ko`zda tutilgan.

Шарҳлар