Му5
44

Toshkentda investisiya sifatida kiritilgan 240 mln. so`m o`zlashtirilgani fosh bo`ldi

Jinoyat 22.10.2019, 09:28
142
Toshkentda investisiya sifatida kiritilgan 240 mln. so`m o`zlashtirilgani fosh bo`ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda navbatdagi firibgarlik holati fosh etildi.

Unda fuqaro X.A. fuqaro S.R.ga o`zini “F” MChJ xodimi deb tanishtirib, unga mazkur jamiyatga investisiya sifatida mablag` kiritilsa katta miqdorda foyda olishi haqida ishontirib, uning ishonchiga kirib, 240 mln. so`mini qo`lga kiritib, firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlar o`tkazilmoqda.

Шарҳлар