Му5
46

Surxondaryodagi DAN xodimlari namanganlik haydovchilarga nohaqlik qilishganmi?

Jinoyat 22.10.2019, 21:49
314
Surxondaryodagi DAN xodimlari namanganlik haydovchilarga nohaqlik qilishganmi?

2019 yil 20 oktyabr kuni “Youtube.com”saytidagi kanallarning biriga “SURXONDARYo GAIlari namanganlik haydovchiga noxaqlik qilishdi” nomi bilan videotasvir joylashtirilgan edi.

Ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bergan ma`lumotga ko`ra, 2019 yil 19 oktyabr kuni viloyat IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX inspektori M-39 avtomobil yo`lining Sherobod tumani hududidan o`tuvchi 1388-km.da xizmat olib borayotgan vaqtida, davlat raqam belgisi 50 766 ABA bo`lgan “MAN” rusumli yuk avtomashinasi “Kallamazor” aholi yashash punktida yuqori cheklangan tezlik 70 km/s bo`lgan yo`lda 91 km/s tezlik bilan harakatlanib kelayotganligi uchun YPX inspektori tomonidan to`xtatilgan.

O`z navbatida, yuk avtomashinasi haydovchisiga sodir etgan qoidabuzarligi tushuntirilib, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 281-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011 yil 31 may kunidagi 68-sonli buyrug`i talablari asosida ma`muriy bayonnomani rasmiylashtirilgan.

Haydovchi ma`muriy bayonnoma bilan tanishib, imzo qo`ygan va undan avval esa haydovchining talabiga asosan uning sodir etgan qoidabuzarligini isbotlovchi fotosurat ko`rsatilgan.

Ayni vaqtda haydovchining arizasiga binoan Sherobod tumani prokuraturasi tomonidan surushtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Шарҳлар