Му5
46

Oila xato qilib chaqaloqni tiriklayin ko`mdi

Dunyo 22.10.2019, 22:26
825
Oila xato qilib chaqaloqni tiriklayin ko`mdi

Xitoyning Shandun provinsiyasidagi Layu shahridagi oila xato qilib bolani tiriklayin ko`mdi, ammo er ostidan bola yig`isini eshitgan mahalliy aholi uni qutqarib oldi. 

21 avgust kuni Nanbaita qishlog`ida yashovchi Szyao Sinlu va Chjou Shandun tog`da qo`ziqorin terib, chaqaloqning qabrini ko`rib qolgan.

Ular er ostidan itning uvillagan ovoziga o`xshash tovushni eshitgan. Voqea joyiga ularning do`stlari va qarindoshlari etib kelganida, er ostida bola borligi haqida gumon qilishgan va uni qazib olishga haqida qaror qabul qilishgan.

Ksinglu qo`llari bilan erni qazib, bola yotgan karton qutisini olgan.

Chaqaloq davolash uchun kasalxonaga yotqizilgan. U bir yarim kilogramm bo`lib kamoqonlik va sariq kasaldan aziyat chekkan. Ammo uning tug`ma kasalliklari yo`q.

Hozir bola ikki oylik bo`lib, u to`rt kilogramm vazn to`plab, sog`lig`i tiklangan.

Mahalliy polisiya bolaning oilasini qidirishni boshlaganida, polisiya bo`limiga bir erkak kelib, u bolaning bobosi ekanligini aytgan. Uning so`zlariga ko`ra, bola jiddiy o`pka infeksiyasi bilan tug`ilgan, u eb icholmagani sababli uni sun`iy nafas olish moslamasiga ulangan. Bola ikkinchi kun vafot etib, oila uni dafn qilgan. Bundan tashqari, boboning so`zlariga ko`ra, bolaning sog`lom egizak akasi bor.

Polisiya xodimlari erkakning ma`lumotlari haqiqat yoki yo`qligini tekshirib, tergov olib bormoqda.

Bolani tekshiruvdan o`tkazgan shifokor uni asrab olish istagini bildirgan. Biroq, bolaning bobosi paydo bo`lganidan keyin, chaqaloq kim bilan qolishi noma`lum.

 

Шарҳлар