Му5
46

Toshkent viloyatining gastronomik xaritasi yaratildi

Jamiyat 23.10.2019, 09:23
139
Toshkent viloyatining gastronomik xaritasi yaratildi

Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan gastronomik turizm xaritasi ishlab chiqildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Xarita viloyatning o`ziga xos milliy va Evropa taomlari, dam olish maskanlari hamda xizmat ko`rsatish sifati bilan alohida ajralib turuvchi umumiy ovqatlanish maskanlarini o`zida aks ettiradi.

Xaritaning e`tiborga molik jihati - ushbu umumiy ovqatlanish maskanlarining joylashgan o`rni (geolokasiyasi)ni QR kod yordamida aniqlash imkoniyati mavjud.


 

Шарҳлар