Му5
46

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiyada «Ochiq innovasiyalar» forumida ishtirok etmoqda

Jamiyat 23.10.2019, 10:16
106
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiyada «Ochiq innovasiyalar» forumida ishtirok etmoqda

2019 yil 22 oktyabr kuni «Skolkovo» texnoparkida «Ochiq innovasiyalar» – «Aqlli iqtisodiyot», «Raqamli millat uchun uchta dilemma» mavzulariga bag`ishlangan forumining yalpi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Sergey Rumas, Oksford universiteti professori Nik Bostrom va boshqalar o`z nutqlari bilan qatnashishdi.

Abdulla Nig`matovich o`z nutqida joriy yilning iyul oyida O`zbekistonda qulay ekomuhitni yaratish maqsadida dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining texnlogik parki – IT-park tashkil etilganligi va uning rezidentlariga Prezidentning «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoni doirasida katta imtiyozlar berilganini aytib o`tdi.

«Texnopark faoliyati startap tashabbuslarini o`z ichiga oladi, xususan, akselerasiya va inkubasiya dasturlari ishga tushirilgan va ularni moliyalashtirish uchun birinchi venchur fond tashkil etilgan. Ishonchim komilki, ko`pgina mamlakatlarda raqamli sanoatni yanada rivojlantirish ushbu jarayonning barcha asosiy ishtirokchilari bo`lgan davlatdan tortib, xususiy investorlar va startap loyihalarning birgalikdagi sa`y-harakatlarini talab qiladi», – deya qo`shimcha qilgan Bosh vazir.

Shuningdek, Belarusiya Bosh vaziri Sergey Rumas birinchi Evrosiyo venchur fondini yaratish g`oyasini ilgari surdi.

Eslatib o`tamiz, 21 oktyabr kuni Skolkovo texnoparkida VIII «Ochiq innovasiyalar» xalqaro forumi boshlandi. Uning asosiy mavzulari «Raqamli millat. Intellektual iqtisodiyotga o`tish» hisoblanadi.

 

Шарҳлар