Му5
46

Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo`yicha o`rinbosari pora bilan qo`lga olindi

Jamiyat 23.10.2019, 10:24
219
Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo`yicha o`rinbosari pora bilan qo`lga olindi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinovning xabariga ko`ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari  tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo`yicha o`rinbosari E.Z. fuqaro R.M.dan o`zboshimchalik bilan qurilgan imoratga egalik huquqini e`tirof etish bo`yicha tuman hokimining qarorini chiqarib berish evaziga 5.000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan 11.10.2019 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti tomonidan E.Z.ga nisbatan JK 210-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар