Му5
44

So`qoqda o`rmon sayyohligini rivojlantirish kutilmoqda

Jamiyat 23.10.2019, 11:01
112
So`qoqda o`rmon sayyohligini rivojlantirish kutilmoqda

“Amerika g`arbida to`rtta milliy o`rmon mavjud bo`lib, ularda dam olish maskanlari barpo etilgan. Zero, xalqaro tajribaga ko`ra, o`rmon hududida dam olish maskani faoliyatini tashkil etish uchun tanlangan joy avtotransport qatnaydigan yo`ldan kamida besh kilometr uzoqda joylashgan va hududi 50 gektardan kam bo`lmasligi shart. Shuningdek, bu maskanlarda otda sayr qilish, baliq tutish va hayvonlarni ovlash kabi xizmat turlari ham juda muhim. Bilishimcha, bu kabi xizmatlar O`zbekistonda endi-endi rivojlanmoqda”.

Ushbu mulohazalarni AQSh qishloq xo`jaligi vazirligi o`rmon xizmati vakili Endryu Ridning Parkent tumanidagi So`qoq dam olish maskanida o`tkazilgan o`rmon turizmini rivojlantirish istiqbollariga bag`ishlangan seminarda alohida qayd etdi.

Unda ishtirok etgan Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti vakillari bu boradagi mavjud dunyo tajribasi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o`rmon xo`jaliklarida samarali faoliyatni tashkil etish uslublari, qo`riqlanadigan hududlar atrofida istiqomat qiladigan aholi xatti-harakatlari bilan bog`liq bo`lgan dolzarb muammolarni echimlari xususida ham tajriba almashildi.

– Michigan universitetining magistratura bosqichida Sharqiy Evropa va Rossiya hududlari bo`yicha, yanada aniqroq aytsam aynan Sibir o`rmonlari mavzusida ilmiy ish yoqlaganman, – deydi AQSh xalqaro o`rmon xizmati dasturining Rossiya, Evropa va Evroosiyo bo`yicha direktori Lara Peterson. – Sharqiy Afrikada istiqomat qilgan paytlarim va Evroosiyo mintaqasi bo`ylab safarim davomida o`rgangan barcha amaliy bilim va ko`nikmalarimni o`zbekistonlik hamkasblarim bilan o`rtoqlashmoqchiman. Xususan, qo`riqlanadigan hududlarning boshqaruvi borasida o`z mulohazalarimni bildirdim. Bu borada hamkorlik qilamiz.

Anjumanda o`quv guruhi tashkil etilib, zamonaviy ekologik bilimlar borasida ham keng va atroflicha ma`lumotlar berildi.

Шарҳлар