Му5
46

O`zbekistonda ishlab chiqarilgan multfilmlarning 90 foizi telekanallar orqali namoyish etilmaydi

Jamiyat 23.10.2019, 14:29
176
O`zbekistonda ishlab chiqarilgan multfilmlarning 90 foizi telekanallar orqali namoyish etilmaydi

O`zbekistonning eng bolajon “Bolajon” telekanali milliy multfilmlarga e`tibor qaratmaydi. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi, “Multiplikasion filmlar studiyasi” DUK direktori vazifasini bajaruvchi, rejissyor Dmitriy Vlasov ma`lum qildi. U shuningdek O`zbekistonda ishlab chiqarilgan multfilm mahsulotlarining 90 foizi telekanallar orqali namoyish etilmasligini aytdi. 

“Nega namoyish etilmaydi. Axir efir setkalarini mahalliy mahsulotlar bilan to`ldirib turish yaxshi emasmi?” degan savolga rejissyorning o`zi ham hayron ekanini bildiradi.

“Bizda yaxshi annimasiyalar bor, 53 yildan beri o`zbek multiplikasiyasi ishlab kelmoqda. Ushbu davr ichida zo`r filmlar ishlab chiqilgan. Ko`p filmlarni sanab chiqishim mumkin. 600- 700 atrofida filmlar bor. Ushbu ishlab chiqarilgan filmlarning 90 foizi telekanallar orqali namoyish etilmaydi”, deydi Vlasov.

Direktor mualliflik huquqi masalasiga ham e`tibor qaratadi:

“Mualliflik huquqi “O`zbekkino”ga qaraydi. Endi o`ylab ko`ring, “Bolajon” davlat kanalimi demak xalqning to`lagan solig`iga ishlaydimi, va multstudiya ham, demak studiya xalqni puliga film ishlab chiqargan, demak “Bolajon” xalq puliga ishlangan filmlarni ko`rsatishi kerak xalqqa".

O`zbek animasiyasi qo`shni mamlakatlardan ham kuchli.

“Ishlab chiqarilgan 600 tami yoki 700 ta multfilmlardan 200 ta 300 tasi aniq ayta olaman, zamon talabiga javob beradi, sifatli filmlar. Bizning mahsulotlarimiz bekordan –bekorga jahon festivallarida mukofot olishmaydi. Faqat o`zimiz o`zimizning mahsulotlarimizga nazarimiz ilmaydi. Hatto qo`shni mamlakatlardan bizni animasiya kuchli deb ayta olaman. Eronda bizning mahsulotlar festivalga qatnashganda Oliy mukofotni qo`lga kiritgan edi. Hamda eronlik tomoshabinlar bizning filmlarga mahliyoligini bildirishgan edi. Bu bir misol. Ya`ni,o`zimizda ishlab chiqarilgan multfilmlar jahon tomoshabiniga ham qiziq tuyuladi, buni o`zimiz ham tan ola bilishimiz kerak”, — deydi Dmitriy Vlasov.

Шарҳлар