Му5
46

Pensiya va nafaqaga pul qo`shildi

Jamiyat 23.10.2019, 15:11
331
Pensiya va nafaqaga pul qo`shildi

2019-yilning oktyabr oyida 22 300 so`m miqdorida kompensasiya pulini olgan 1,0 mln.ga yaqin aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qo`shimcha 27 700 so`m miqdorida jami 54 mlrd. so`mdan ortiq un va qolipli non mahsulotlari uchun kompensasiya puli Xalq banki filiallari tomonidan to`lanmoqda. Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktyabrdagi 866-son qaroriga binoan amalga oshirildi. 
Pensiya va nafaqa mablag`lari 22 300 so`mdan 50 000 so`mgacha oshirildi.
Kompensasiyani quyidagi shaxslar oladi:
- yoshga doir nafaqasini oluvchilar;
- nogironlik nafaqasini oluvchilar;
- boquvchisini yo`qotganlik nafaqasini oluvchilar (har bir boqimandaga);
- boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini oluvchilar (har bir boqimandaga);
- nogironligi bo`lgan 16 yoshgacha (18 yoshgacha OIVni yuqtirgan shaxslarga) nafaqa oluvchilar;
- bolalikdan nogiron bo`lgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa oluvchilar;
- eng kam yoshga doir pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchilarga (436 150 so`m va undan kam).

Xalq banki bergan ma`lumotga ko`ra, 2019-yilning oktyabr oyida 22 300 so`m miqdorida kompensasiya pulini olganlarga, oktyabr oy yakuniga qadar qo`shimcha 27 700 so`m miqdorida kompenssiya puli to`lanadi.
Eng kam yoshga doir pensiya miqdorida (436 150 so`m) pensiya oluvchilarga 2019 yil oktyabr oyi uchun kompensasiya puli noyabr oyida, noyabr oyi kompensasiya puli bilan birga ko`shib (ikki oy uchun) to`lanadi.

Шарҳлар