Му5
50

Markaziy bank bank kartalaridan echilgan naqd pullar hajmini ma`lum qildi

Iqtisodiyot 24.10.2019, 23:06
664
Markaziy bank bank kartalaridan echilgan naqd pullar hajmini ma`lum qildi

Bank kassalaridan chiqim qilinayotgan naqd pullar tarkibida bank kartalaridan naqd pul echish va xorjiy valyutani sotib olish maqsadida chiqim qilinayotgan naqd pullar salmog`ida sezilarli o`zgarishlar yuzaga keldi. Bu haqda Markaziy bankining rasmiy saytida ma`lum qilindi.

Jumladan, 2019 yilning 9 oyida davomida 2017 yilning mos davriga nisbatan naqd xorijiy valyutani sotib olish uchun chiqim qilingan naqd pullar ulushi 9,1 foizdan 21,9 foizga va bank kartalaridan naqd pul echish ulushi esa 6,1 foizdan 25,5 foizga oshdi.

  Naqd puldagi to`lovlar yo`nalishi

Bank kartalaridagi mablag`larni naqdlashtirish to`g`risida

2019 yil yanvar-sentyabr oylari davomida bank kartalaridagi mablag`lar hisobidan 25,3 trln. so`mlik naqd pullar echilgan, bu ushbu davr mobaynida bank kartalariga kirim qilingan (79,0 trln. so`m) mablag`larning 32 foizini tashkil qildi.

2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida 1,8 trln. so`mlik naqd pullar echilgan bo`lib, bu kartalarga kirim qilingan (38,1 trln. so`m) mablag`larning 4,8 foizini tashkil etgan.

Bank kartalari orqali amalga oshirilgan operasiyalar    

2019 yil yanvar-sentyabr oylarida bankomatlar orqali echilgan naqd pullar 17,3 trln. so`mni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 7,3 barobarga oshdi.

Natijada, bank kartalaridan jami echib olinayotgan naqd pullarda bankomatlar orqali olingan mablag`lar ulushi 2017 yilning 

9 oyida 1,5 foizni tashkil etgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2018 yilning 

9 oyida 34,4 foizni, 2019 yilning 9 oyida 68,5 foizga etdi.

Bank kartalaridan echilgan naqd pullar

Yuqoridagi ko`rsatkichlarni 2017 yildan 2019 yilgacha choraklar qiriqimida ko`radigan bo`lsak, bank kartalaridagi mablag`lar hisobidan naqd pullar echishning umumiy hajmi, shu jumladan bankomatlar orqali echib olingan naqd pullar miqdori muntazam o`sish sur`atiga ega bo`layotganligini ko`rish mumkin.

Bank kartalaridan echilgan naqd pullar hajmi

Bank kartalari orqali to`lovlar to`g`risida

 Savdo va xizmat ko`rsatish sohasidan, shuningdek boshqa yo`nalishlardan kelib tushayotgan tushumlar tarkibida bank kartalari orqali to`lovlar ulushi kamayishi kuzatildi.

Jumladan, 2017 yil yanvar-sentyabr oylarida jami tushumda to`lov terminallari orqali tushumlar ulushi 63,9 foizni tashkil qilgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida 44,8 foizni, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 34,9 foizni tashkil qildi.

Jami tushumda to`lov terminali tushumining ulushi

         

 

Mazkur holatning yuzaga kelishi sabablarini aholining tovar va xizmatlar uchun to`lovlarni naqd pulda amalga oshirishni va o`z navbatida, tadbirkorlik sub`ektlari ham hisob-kitoblarni naqd ko`rinishda bo`lishini ko`proq ma`qul ko`rayotganligi bilan izohlash mumkin.

Jami tushumda to`lov terminal tushumi ulushi

Шарҳлар