Му5
48

Markaziy bank banklar faoliyati to`g`risidagi qaror loyihasini muhokamaga qo`ydi

Iqtisodiyot 28.10.2019, 17:26
654
Markaziy bank banklar faoliyati to`g`risidagi qaror loyihasini muhokamaga qo`ydi

https://regulation.gov.uz portalida Markaziy bank Boshqaruvining “Bank xizmatlari iste`molchilari bilan o`zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo`yiladigan minimal talablar to`g`risida nizomga qo`shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi muhokamaga joylashtirildi.

Mazkur normativ hujjat loyihasi tijorat banklari va ularning xizmatlari iste`molchilari o`rtasidagi munosabatlarni yanada tartibga solishga yo`naltirilgan. Jumladan, mazkur Nizomga banklar tomonidan o`z mijozlarini ularning hisobvaraqlari bilan bog`liq muhim ma`lumotlar to`g`risida xabardor qilishi, xorijiy valyutada olingan kreditlar bo`yicha yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tavakkalchiliklar uchun qarz oluvchining majburiyatlari va boshqa bir qator qoidalarni kiritish taklif etilmoqda.

Shu bilan birga, portalda joylashtirilgan ushbu normativ hujjat loyihasi yuzasidan o`z taklif va e`tirozlaringizni qolidirishingiz mumkinligini eslatib o`tamiz.

Шарҳлар