Му5
48

“Uchtepa” konining yana bir qudug`idan sanoat gaz oqimi olindi

Iqtisodiyot 28.10.2019, 21:32
582
“Uchtepa” konining  yana bir qudug`idan sanoat gaz oqimi olindi

2019 yil 28 oktyabr kuni "Uchtepa" konidagi 12-quduqni burg`ilash natijasida kuniga 150-200 ming kub metr dastlabki debit bilan tabiiy gaz sanoat oqimi olindi.

"Uchtepa" koni Andijon viloyati Buloqboshi tumanida joylashgan. Oldin kondagi ettita quduqdan kuniga dastlabki debit bilan 385 ming kub metr sanoat gazi olingan edi.

Bo`r qatlamidagi 12-quduqni burg`ilash jarayonida yangi natijaga erishildi. Bu safar tabiiy gazning sanoat oqimi 1087-1080 m (XIX qatlam) va 1063-1054 m (XVII qatlam) oralig`ida olingan.

Quduqda kelgusi 3 kun ichida istiqbolli qatlam parametrlarini o`rganish uchun gaz kondensati tadqiqotlari o`tkaziladi.

Uchtepa konida burg`ulash ishlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining

"2017-2021 yillarda uglevodorod xom ashyosi ishlab chiqarishni ko`paytirish dasturini tasdiqlash to`g`risida"gi 2017 yil 9 martdagi PQ-2822-sonli qaroriga muvofiq olib borilmoqda.

 

Шарҳлар