Му5
46

"Xafa bo`lish yo`q"ning qaltis xazili sabab Qashqadaryoda to`y buzilishiga bir bahya qoldi (video)

Jamiyat 31.10.2019, 11:09
Теглар: Xafa bo`lish yo`q
4042
"Xafa bo`lish yo`q"ning qaltis xazili sabab Qashqadaryoda to`y buzilishiga bir bahya qoldi (video)

"Xafa bo`lish yo`q" dasturi boshlovchilari insonlarga hazil qilishni davom etmoqda. Bu safar hazilning o`ljasi yosh yigit bo`ldi. Bu haqda everday.uz muxbiri ma`lum qilgan.

Aytilishicha, dastur boshlovchilari yosh yigitning to`yiga kelib unga hazil qilishadi. Ya`ni, ularning ssenariysi bo`yicha kuyovning sobiq yaxshi ko`rgan qizi uning to`yiga kelin ko`ylakda keladi va to`y mehmonlariga yigitni qattiq sevganini aytadi.

Hazil ishonchli chiqqanidan kelin yig`lab yuborgan va to`yni to`xtatmoqchi bo`lgan. Yaxshiyamki dastur boshlovchilari bu hazil ekanini aytgan va hammasi joyiga tushgan. Dasturning ushbu soni Qashqadaryoda suratga olingani aytilmoqda.

Ta`kidlash joizki, oldinroq boshlovchilar shou-biznes yulduzlari bilan hazil qilishgan va ko`plab artistlar qo`pol hazillarga e`tiroz bildirishgan.

Шарҳлар