Му5
50

O`zbekistonda ish haqiga nisbatan soliq pasaytirilgani natijasida soliq tushumi 2 barobarga ortdi

Iqtisodiyot 01.11.2019, 11:31
Теглар: Shavkat Mirziyoev, Prezident, soliq,
568
O`zbekistonda ish haqiga nisbatan soliq pasaytirilgani natijasida soliq tushumi 2 barobarga ortdi

Kuni kecha makroiqtisodiy ko`rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga mo`ljallangan parametrlar muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilishda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan soliq islohotlari tushumlar ko`payishida ijobiy natijalar berayotganligi hamda buni xalqaro moliyaviy institutlar ham tasdiqlayotganligi qayd etildi.

Masalan, qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchilari soni 12 barobar, foyda solig`i to`lovchilari soni 6,5 barobarga oshgan. Ish haqiga nisbatan soliq yuki keskin pasaytirilgani natijasida daromad solig`i to`lovchilari soni 700 mingga, ushbu soliq tushumi esa 2 barobarga ortdi.   

Mazkur islohotlarning davomi sifatida joriy yil 1 oktyabrdan qo`shilgan qiymat solig`i 20 foizdan 15 foizga tushirilib, qator imtiyozlar bekor qilindi. 2020  yil 1 yanvardan esa davlat ulushi bor korxonalarga ham yagona ijtimoiy to`lov 25 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi. Bu choralar natijasida kelgusi yilda soliq to`lovchilar ixtiyorida 12,8 trillion so`m miqdorida mablag`lar qoladi.

Prezidentimiz Davlat soliq qo`mitasi va Davlat bojxona qo`mitasiga 2020 yil uchun prognoz qilingan byudjet tushumini ta`minlash yuzasidan topshiriqlar berdi. Bunda elektron hisob-faktura, zamonaviy markirovka, onlayn kassa mashinasi kabi ilg`or texnologiyalarni keng joriy etish orqali soliq ma`muriyatchiligini yaxshilash zarurligi ko`rsatib o`tildi. Bojxona organlarida samarali ishlaydigan yangi vertikal tizimni shakllantirish, bunda import qilinayotgan tovarlar narxini haqqoniy baholash, risk-analiz va boshqa zamonaviy usullarni keng qo`llash, shuningdek, ichki nazoratni kuchaytirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi. 

Davlatimiz rahbari soliq yukini pasaytirish iqtisodiyotga va aholi farovonligiga ijobiy ta`sir etishini inobatga olib, bu masalaga alohida e`tibor qaratish zarurligini ta`kidladi. 

 

Шарҳлар

Shavkat Mirziyoev meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etish bo`yicha ko`rsatma berdi

10.12.2019, 00:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 9 dekabr kuni meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan klasterlar tashkil etish, meva-sabzavotlar etishtirish sifati va eksporti hajmini oshirish masalalari muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor...
Shavkat Mirziyoev Tatariston Prezidentini qabul qildi

26.11.2019, 21:07

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 26 noyabr kuni Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegasiyasini qabul qildi.Uchrashuvda Rossiya Federasiyasi sub`ektlari orasida mamlakatimiz hududlari uchun...
Endi uylar davlat tomonidan emas, to`liq xususiy sektor tomonidan quriladi.

22.11.2019, 23:49

 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 22 noyabr kuni qishloqlar va shaharlarda aholini uy-joy bilan ta`minlashning yangi tizimini joriy etish bo`yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga...
Sobiq prezidentning o`g`li pichoqlab o`ldirildi

22.11.2019, 15:57

Polisiya tomonidan taqdim etilgan xabarlarga ko`ra, Germaniya sobiq prezidentining o`g`li Richard fon Vayssaekker Berlindagi kasalxonalardan birida ma`ruza o`qiyotganda pichoqlab o`ldirilgan. Bu haqda aljazeera.comga tayanib xabar...