Му5
46

Nurmagomedov Fergyuson bilan jang qiladi

Sport 02.11.2019, 19:22
Теглар: Nurmagomedov
573
Nurmagomedov Fergyuson bilan jang qiladi

FC rahbari Dana Uayt engil vazn bo`yicha chempion Habib Nurmagomedovning keyingi jangi Toni Fergyuson bilan bo`lishini tasdiqladi, deya xabar berilmoqda.

UFC rahbari Nurmagomedov va Fergyuson jangi bo`lmasligi uchun hech qanday muammo yo`qligini ma`lum qildi.

“Jangning tashkiliy qismi boshlab yuborilgan. Nurmuhamedov uchun bu keyingi jang bo`lishi kundek ravshan va amalga oshadi”, dedi Uayt. U shuningdek, jangning taxminiy sanasini ham ma`lum qildi.

“Jang 2020 yilning birinchi choragida o`tkaziladi deb, o`ylayman”, dedi Dana Uayt.

Hozircha jangning qaerda va aynan qachon o`tkazilishi haqida gapirishga erta. Nurmuhamedov Rossiyada jang o`tkazishni xohlashini ma`lum qilgandi. Moskva va Sankt-Peterburg muqobil variant sifatida ko`rilgandi. Shuningdek, rossiyalik jangchi bahordan avval oktagonga qaytishga tayyor bo`lmasligini ham tan olgandi.

Ma`lumot uchun: UFC chempioni Habib Nurmagomedov so`nggi jangida Dastin Porega qarshi jang qilib, uni bo`g`ish usuli bilan mag`lub qilgandi.

Шарҳлар