Му5
46

Polvonlarimiz jahon chempionatida 12 ta medalga ega bo`lishdi

Sport 03.11.2019, 19:54
625
Polvonlarimiz jahon chempionatida 12 ta medalga ega bo`lishdi

1-3 noyabr kunlari Rossiya Federasiyasining Qozon shahrida belbog`li kurash (borba na poyasax) bo`yicha kattalar o`rtasidagi XVII jahon chempionati bo`lib o`tdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 40 ta davlatdan sportchi ishtirok etgan mazkur jahon chempionatida terma jamoamiz 1 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo`lga kiritib, g`olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Jahon chempionatida vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan polvonlarimiz quyida ko`rishingiz mumkin:

Oltin medal

Ilhom Mashrabov (75 kg. Andijon)

Kumush medal

Sherzod Rahimov (+100 kg. Farg`ona)

Zaylobiddin Ortiqov (100 kg. Toshkent sh.)

Husniddin Ro`ziev (82 kg.Andijon)

Dilafro`z Mamajonova (66 kg. Namangan)

Begoyim Raximboeva (76 kg. Xorazm)

Bronza medal

Rustam Umarov (90 kg. Namangan)

Shaxzod Abdurahmonov (62 kg. Toshkent v.)

Fayzulla Munisjonov (68 kg. Namangan)

Abdulla Toxirov (75 kg. Namangan)

Munisa Alisherova (52 kg. Qashqadaryo)

Ullijon Davlatova (58 kg. Xorazm)

Шарҳлар